O‘zbekiston Prezidenti tashrifi arafasida Vashingtondagi Artur Sakler galareyasida o‘zbek atlasi va adrasi ko‘rgazmasi ochilgan edi. Shavkat Mirziyoyev mazkur ko‘rgazma bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu galereya Sharq san’ati muxlisi bo‘lgan Artur Sakler tomonidan tashkil etilgan. Bu yerda Sharq mamlakatlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari san’ati namunalari namoyish etib kelinadi.
Shu kunlarda davom etayotgan ko‘rgazmada Garvard universiteti olimi Guido Goldman tomonidan to‘plangan qadimiy atlas va adras kiyimlar, amerikalik dizayner Oskar de la Renta tikkan shunday liboslar namoyish etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev muzeyning Markaziy Osiyo bo‘limidagi miniatyura va qo‘lyozmalarni ko‘zdan kechirdi, o‘zbek amaliy san’ati buyumlari tarixi bilan qiziqdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi