10:02 / 20.05.2018
8 454

Adolf Hitler qachon o‘lgan edi?

Adolf Hitler qachon o‘lgan edi?
Foto:«AiF»
Fransuz olimlari 1946 yildan beri ilk marta Adolf Hitlerning tishlarini o‘rganib chiqdi va uning o‘limi sanasini aniqlashdi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Tadqiqotchilar 2017 yili Rossiya ularga bergan Hitlerning qoldiqlari haqiqiy ekanini ta’kidlashmoqda.

Ekspertiza Hitlerning 1945 yil 30 aprel kuni o‘lganini tasdiqladi.

«Biz Hitler haqidagi barcha nazariyaga nuqta qo‘ya olamiz. U suvosti kemasida Argentinaga bormagan. U Antarktidaning maxfiy bazasida ham, Oyning qorong‘u tomonida ham emas», – dedi ekspert guruhi rahbari Filipp Sharle.

Shuningdek, olimlar diktatorning bosh suyagini tekshirib ko‘rishdi. Tekshiruv xulosalari Hitlerning o‘limidan bir yil avvalgi boshining rentgenografiyasiga to‘liq mos tushdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, avval olimlar fashist diktatorining o‘limiga nima sabab bo‘lgani haqida ko‘p ter to‘kishgan ekan.

Hitlerning tish protezlari orasida zahar asorati hamda bosh suyagida o‘q izlari borligi aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Adolf Hitler qachon o‘lgan edi?