Saylovda g‘alaba qozonish uchun Donald Tramp jamoasi arab shahzodalarining emissari Jorj Nader va OAV manipulyatsiyalari bo‘yicha isroillik mutaxassis Joel Zameldan yordam so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda The New York Times xabariga tayanib Daryo nashri ma’lum qilmoqda.
2016 yil saylovlaridan uch oy oldin prezidentning o‘g‘li Kichik Donald Tramp Saudiya Arabistoni va BAA shahzodalarining vakili Jorj Nader hamda OAV manipulyatsiyalari bo‘yicha isroillik mutaxassis Joel Zamel ishtirokida uchrashuv o‘tkazilgan.
«Emissar Jorj Nader Saudiya Arabistoni va BAAning voris-shahzodalari Donald Trampga yordam berishga tayyor ekanini uning o‘g‘liga ma’lum qilgan. OAV mutaxassisi Joel Zamel ham o‘z kompaniyasining Tramp saylovoldi dasturini targ‘ib qilishda ko‘mak berishi mumkinligini aytgan», — deyiladi xabarda. Trampning o‘g‘li takliflarni qabul qilgan.
Ma’lum qilinishicha, Zamelning bir qancha kompaniyalari bilan Rossiyaning ham aloqalari bo‘lgani aniqlangan. Tadbirkorlar Oleg Deripaska va Dmitriy Ribolovlevlar raqiblariga qarshi onlayn-kampaniyalar tashkillashtirishda yordam berishni so‘rab Zamelga murojaat qilgan. Nader, BAA voris-shahzodasi Muhammadning vakili sifatida kamida ikki marta Moskvaga kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)