Tug‘ilish man etilgan orolda chaqaloq dunyoga keldi

Tug‘ilish man etilgan orolda chaqaloq dunyoga keldi
Foto:«BBC»
Braziliyaning 3 ming nufusga ega «Fernando de Noronha» orolida 12 yildan so‘ng chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda «VBC»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Orolda 22 yoshli ayol qiz farzand ko‘rdi. Chaqaloqning ismini oshkor qilishni istamagan ayol «O Globo» internet saytiga ma’lum qilishicha, uning uyda ko‘zi yorigan. To‘lg‘oq dardini sezmagan.

Chaqaloq keyinchalik shifoxonaga olib borilgan.

Dunyodagi eng go‘zal orol – «Fernando de Noronha»da mashhur suvosti hayot zaxiralarini asrash maqsadida tug‘ilish man etilgan.

Farzand kutayotgan ayollardan quruqlikka chiqish talab etiladi.

Orolda tug‘ruqxona yo‘q.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar