
Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 23-24 may kunlari yog‘gan qor sababli Issiqko‘l viloyatida 364 ta qo‘y-qo‘zi va boshqa chorva nobud bo‘lgan. Norin viloyatida esa 600 ga yaqin mayda shoxli chorva qidirilmoqda, 200 qo‘y nobud bo‘lgan.
Cho‘ponlarning ma’lum qilishicha, sovuq tufayli qo‘ylar turgan joyida muzlab qolgan, Choq-Tala tog‘larida esa otlar va toychoqlar kuchli shamoldan jon saqlash vaqtida qoyalardan pastga qulab nobud bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar