10:23 / 26.05.2018
5 067

“Musulmonlar chindan ham xavfli...”

“Musulmonlar chindan ham xavfli...”
Shvetsiya cherkov ittifoqi mas’ullaridan biri Stefan Lindkuist ijtimoiy tarmoqda “Musulmonlar nima uchun xavfli?” nomli maqolasini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Azon” nashri.

“Bir musulmon menga yangi tuxum olib keldi, yana biri hol-ahvolimni so‘radi. Birovi mashinam ta’mirda bo‘lgani uchun boradigan joyimga olib borib qo‘ydi. Puli yo‘q do‘stiga muntazam ravishda taom olib boradigan bir musulmonni taniyman. Musulmonlar chindan ham qanchalar xavfli...” – deyiladi maqolada.

Lindkuist maqolasida musulmonlar va shvetsiyaliklarni taqqoslagan:

“Bir shvetsiyalikning pul olmay turib tuxum berishiga umuman ishonmayman. Qaysi shvetsiyalik puli yo‘q do‘stining uyiga haftalab ovqat tashiydi?”

Shuningdek, maqolada quyidagi fikrlar o‘rin olgan:

“Bilolmayapman, ammo biz shvetsiyaliklar ko‘zlarimizni ochib, haqiqatni ko‘rishimiz kerak. Juda muloyim va saxiy musulmon do‘stlarim borligini sezib qoldim. Aksarida bir shvetsiyalikda men ko‘rmagan ajoyib qalb bor. Hech birida nafratni his qilmadim. Menimcha, insonlarga qanday muomala qilishimiz juda muhim. Insonlarni qabul qilib, hayotingizga qo‘shsangiz, evaziga sevgi ko‘rasiz. Vaholanki, biz bu insonlarga bir necha daqiqa davomida ovoz kuchaytirgichdan azon chaqirilishini ham ravo ko‘rmaymiz”.

Muallifning fikricha, shvetsiyaliklar musulmonlardan asossiz ravishda qo‘rqadi va xavotirlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Musulmonlar chindan ham xavfli...”