
Xuddi shu masalada Angliya parlamenti a’zolari maxsus taklif kiritishdi. Bu taklifda mamlakatdagi ortiqcha vaznga ega erkak va ayollar uchun ishga bir soat kech kelishga ruxsat berilishi so‘ralgan. Ular transport yoki salomatligini ro‘kach qilgan holda boshqalardan kechroq ish joyiga kelishlari mumkin.
Statistik ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Angliya bo‘yicha 2016-2017 yillar oralig‘ida ortiqcha vaznga ega fuqarolar soni keskin ko‘tarilib ketgan. Shu yillar oralig‘ida jami 43 ming kishi ortiqcha vazn tufayli kasalxonaga yotqizilgan. Aytishlaricha, ularni yaqin oylar ichida davlat o‘z himoyasiga oladi.
Lekin oddiy fuqarolar, ayni o‘sha ortiqcha vazn egalari parlamentdagilarning bu taklifini o‘zlari uchun haqorat deb qabul qilishdi.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar