15:26 / 28.05.2018
4 097

Yaponiya halol mahsulot va musulmon liboslariga jiddiy e’tibor qaratmoqda

Yaponiya halol mahsulot va musulmon liboslariga jiddiy e’tibor qaratmoqda
Kun chiqar mamlakat musulmonlar bilan nafaqat madaniy, balki iqtisodiy sohada ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga intilmoqda, deb yozadi Info-Islom.uz sayti.

Xususan, yapon oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi shirkatlarining halol mahsulotlarini Tokio, Osaka, Kioto kabi yirik shaharlardagi do‘kon peshtaxtalarida uchratishingiz mumkin. Qolaversa, yapon tadbirkorlari o‘z mahsulotlarini jaxon halol bozoriga olib chiqishni ham rejalashtirishmoqda.

Shu bilan bir qatorda, yapon dizayner va modelerlari Islom ahkomlariga mos keladigan liboslar to‘plamlarini musulmon jamoasi e’tiboriga havola etib, Indoneziya, Malayziya, Singapur, AQSh va Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda muvaffaqiyatli namoyish etishgan. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakat aholisining bor yo‘g‘i 0.0008 foizi (100 ming kishi) ni tashkil qiluvchi musulmonlarga hamda bu yerga keluvchi ko‘p sonli musulmon sayyohlar uchun taomlanish va liboslar tanlash borasida Yaponiyada talaygina imkoniyatlar mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya halol mahsulot va musulmon liboslariga jiddiy e’tibor qaratmoqda