Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti yo‘lovchilari parvoz oldidan bomba haqidagi hazildan keyin samolyotdan sarosimada yugurib chiqib, uning qanotiga ustiga sakrayotganlari videosi e’lon qilindi. Yo‘lovchilar u yerdan dvigatel orqali sirpanib yerga tushganlar, biroq ulardan ba’zilari qanotdan tushish va bortdagi tiqilinch vaqtida ko‘plab jarohatlar olganlar.
Yo‘lovchilardan biri oldiga styuardessa kelib, uning sumkasida nima borligini so‘raganda, yo‘lovchi qaltis hazil qilib, bomba borligini aytgan. Buni uning yonida o‘tirgan erkak eshitib, vahima ko‘targan. Ushbu videoni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.
Ma’lum qilinishicha, samolyot Indoneziyaning Pontianak shahridan poytaxt Jakartaga uchishi kerak bo‘lgan. Samolyot ko‘zdan kechirilganda bomba topilmagan, biroq 11 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Aybdor esa qo‘lga olinib, politsiya tomonidan so‘roq qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?