07:30 / 03.06.2018
5 379

Bir erkak xotinini do‘pposlayotgan boshqa erkakni bir “kalla qo‘yishda” ag‘dardi (video)

Bir erkak xotinini do‘pposlayotgan boshqa erkakni bir “kalla qo‘yishda” ag‘dardi (video)
Istanbulda o‘tkinchi erkak boshqa erkak tomonidan ko‘chada do‘pposlanayotgan ayolning yonini oldi. Bu holat kuzatuv kamerasida qayd qilingan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, ayolga qo‘l ko‘targan erkak ayolning o‘z eri bo‘lgan.

Videodagi erkak ajrashish bo‘yicha sud jarayonidan keyin rafiqasini qo‘lidagi qog‘oz o‘ram bilan ko‘chada ura boshlagan. Shunda o‘tkinchi erkaklardan biri vaziyatga aralashib, yugurib kelib erkakka boshi bilan zarba bergan. Buning natijasida zo‘ravon er yerga ag‘darilib tushgan. Ayolning yonini olgan 29 yoshli erkak Emre Derebashiy zo‘ravonni xavfsizlantirgach, voqea joyiga politsiya chaqirtirilgan.

“Erkak politsiyaga raqifasini urmaganini, rafiqasi esa yerga ataylab yiqilib tushganini aytgan. Erkak uni urganim uchun mening ustimdan politsiyaga arz qilgan. Politsiya esa uni qo‘yib yuborib, meni so‘roq qilgan. Bu holat meni hammasidan ko‘proq ranjitdi”, deb aytgan Derebashiy. Uning tan olishicha, erkak rafiqasini kaltak bilan uryapti, deb o‘ylagan. U hech narsadan afsusdamasligini va agar yana shunday vaziyat ustidan chiqib qolsa, hech ikkilanmay yana shunday yo‘l tutgan bo‘lishini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bir erkak xotinini do‘pposlayotgan boshqa erkakni bir “kalla qo‘yishda” ag‘dardi (video)