
Badiiy gimnastika bo‘yicha Yevropa chempionatida rossiyalik gimnastikachi Anastasiya Sergeyevaning chiqishi vaqtida devordagi dekoratsiyalarning bir qismi qulab tushdi, deb yozadi Kun nashri.
Dekoratsiyaning 3 metrga 6 metrlik qismi polga tushgan. Gimnastikachiga hech narsa qilmagan, chunki u devordan 30 metr narida ishtirok etayotgan bo‘lgan. Biroq dekoratsiya rossiyalik gimnastikachilar murabbiyi Irina Viner-Usmonova ustiga tushgan. Dekoratsiyaning tushib ketayotganini ko‘rgan xodimlaridan biri Viner-Usmonovani chetga olib qochmoqchi bo‘lgan.
Musobaqa 5 daqiqacha to‘xtab qolgan. Viner-Usmonova voqea oqibatida biror jarohat olgan-olmagani noma’lum, biroq u keyinroq sportchilarni gilamga olib chiqqan va taqdirlash marosimida ishtirok etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar