date
views 3 541

Tramp Kim Chen Inni Oq uyga taklif qilishga va’da berdi

Tramp Kim Chen Inni Oq uyga taklif qilishga va’da berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen Inni Oq uyga «aniq» taklif qilishi haqida va’da berdi.

Seshanba, 12 iyun kuni, Singapurda AQSh - Shimoliy Koreya sammiti bo‘lib o‘tdi. Davlatlar yetakchilari Sentos orolidagi «Kapella» mehmonxonasida yakuniy hujjatni imzolashdi, uni Tramp va Kim Chen In «atroflicha», deb atadi. Hozirgi vaqtga kelib hujjat haqida batafsil ma’lumotlar berilmagan.

Imzolash marosimidan so‘ng muxbir Trampdan Kim Chen Inni Oq uyga taklif qilishga tayyorligi haqida so‘ragan.

«Ha, aniq», - deya javob qaytargan Qo‘shma Shtatlar prezidenti.

Mamlakatlar yetakchilari bir birlarining qo‘lini siqishgan va ikki tomonga qarab ketishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen Inga o‘zining limuzinini ko‘rsatgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Kim Chen Inni Oq uyga taklif qilishga va’da berdi