
Turkmaniston rasmiylari pul topish maqsadida mamlakatdan tashqariga chiqib ketgan migrantlarni qaytarish choralarini kuchaytirmoqda.
Ayni damda amaldorlar “ pasportlari eski” fuqarolarga qisqa muddatlarda - atigi uch hafta mobaynida yangi hujjatlarni rasmiylashtirib berishga va’da berishmoqda, shuningdek, mamlakat tashqarisida bo‘lgan va migratsiya qonunlarini buzgan fuqarolar javobgarlikka tortilmasligini aytishmoqda.
Geneshliklar (Kengashlar - Turkmanistondagi ma’muriy birliklar)da migrantlarni vatanga qaytarish mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuvlar davom etmoqda. Vatanga qaytganlarga uch hafta mobaynida pasportlarni almashtirib berish va’da qilinmoqda. Shuningdek, ularni migratsiya qonunlarini buzganliklari uchun javobgarlikka tortmaslik va’da qilinmoqda. Bu masalada prezident farmoni chiqishiga xam va’da berilmoqda.
Turkmanlarni har qanday yo‘llar bilan qaytarish borasida yuqoridan topshiriq kelgan. Ularning qarindoshlari bilan suhbatlar uyushtirilmoqda, bolalari, nabiralarini qaytarishga chaqirilmoqda. Va’da va kelishuvlardan tashqari qarindoshlari orqali bosimlar ham bo‘lmoqda: "Migrantlar qaytishga shoshilmayotgani uchun qarindoshlariga bosim o‘tkazish boshlandi. Byudjet sohasida ishlovchi xodimlarga, agar qarindoshlari qaytmaydigan bo‘lsa oqibatlari yomon bo‘lishidan ogohlantirishmoqda. Bu kabi holat butun mamlakatda kuzatilmoqda deb ma’lum qilmoqda jurnalistlar.
Ma’lumot uchun, Turkmanistonliklar pul topish maqsadida birinchi navbatda Turkiyaga yo‘l oladi. So‘nggi vaqtlarda Turkmaniston fuqarolari qo‘shni davlatlarga, jumladan Qozog‘iston, O‘zbekiston va Ozarbayjonga ham yo‘l olmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar