
Tokio politsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, iyun oyi boshida bir ayol kelib, bir yil oldin daryoga cho‘kib o‘lgan va keyinchalik jasadi topilib, kuydirilgan eri uyga qaytganini ma’lum qilgan. Vaholanki, o‘shanda ayol jasad haqiqatan eriga tegishliligini tasdiqlagandi. Endi esa eri daf’atan qaytib kelibdi…
Politsiyachilar o‘shanda yo‘l qo‘yilgan xatolik uchun ayoldan uzr so‘rashdi va bu xato boshqa qaytarilmasligiga so‘z berishdi. Endi ular bir yil oldin kuydirilgan jasad xokini boshqa oilaga topshirishadi.
Gap shundaki, bir yil oldin ikki nafar erkak bedarak yo‘qolgan. Ikkovining ham yoshi 40 da bo‘lgan. Buning ustiga shu ayol shaxsan kasalxonadagi morgga kelib rostdan ham jasad marhum eriga tegishli ekanini ma’lum qilgan.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar