
Shu xususdagi ayblovni prokuraturaga yetkazishdi. Los-Anjeles prokuraturasi bu ishni ko‘rib chiqa boshladi. Ajablanarlisi, amerikalik aktyorga qo‘yilgan ayblov 30 yil oldin sodir etilgani alohida ta’kidlandi.
Ayblov aslida o‘tgan yil noyabrida e’lon qilingan. Unda aytilishicha, aktyor 1988 yili 16 yashar qizning nomusiga tekkan ekan. O‘sha qizning aytishicha, Stallone uni Las-Vegasdagi mehmonxonaga aldab olib kelgan va oqibatda nomusiga tekkan. O‘zidan tashqari, tansoqchisi bilan ham jinsiy munosabatga kirishni buyurgan. Aktyorning o‘zi bu ayblovlarni qat’iyan rad etmoqda.
Ekspertlar keyingi yillarda Amerikaga xuddi xavfli virus kabi yopirilib kelgan bunday janjalli hodisalar ko‘paygandan ko‘payganligini aytishmoqda. Janjal markazida esa aksar hollarda taniqli aktyorlar, rejissyorlar, xullas, puldorlar turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar