
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti va mamlakatdagi sotsial-demokratik partiya rahbari Almazbek Atambayev «Ata-Beyit» memorial-majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Siyosatchi Chuy viloyatining Arashan qishlog‘idagi masjidda hayit namozida qatnashdi. Namozdan so‘ng qishloqdoshlari bilan muloqotda bo‘ldi va «Ata-Beyit» yodgorlik majmuasiga yo‘l oldi. Bu yerda 2010 yilgi aprel inqilobida halok bo‘lganlar haqiga duo o‘qildi.



Fotosuratlarda Almazbek Atambayev o‘ychan holda aks ettirilgan. Uning sochlari haddan oqarib ketganligi ham ko‘zga tashlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar