
Rejep Toyyip Erdog‘an Turkiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik hamda parlament saylovlari natijasiga ko‘ra, xalq unga ishonch bildirganini ma’lum qildi. Bu haqda Erdog‘an NTV telekanali translyatsiya qilgan Istanbuldagi chiqishi vaqtida aytib o‘tdi.
«Xalqimiz menga prezidentlik majburiyatlarini bajarish vazifasini ishondi», – degan Erdog‘an.
Uning ta’kidlashicha, saylovlarda aholining 90 foizi ishtirok etgan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Erdog‘an 53 foizga yaqin ovoz to‘plagan. Uning asosiy raqibi, muxolifatdagi Xalq respublikachilar partiyasi Muharram Inje 30 foizga yaqin ovoz to‘plagan.
Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hukumati 2023 yilgacha mamlakatning rivojlanish konsepsiyasidagi maqsadlarni amalga oshirishga qattiq kirishadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar