
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida mudhish ro‘y bergan YTH ro‘y berdi. Unda o‘zbekistonlik yo‘lovchilarning ham jabr ko‘rgani aytilmoqda.
Sariyog‘och-Chimkent trassasida harakat qilayotgan "Mazda" rusumli avtomashinasi "Sang Yong Istana" mikroavtobusi bilan to‘qnashib ketgan.
Dastlabki ma’lumotrga ko‘ra, mikroavtobusda 10 nafar yo‘lovchi bo‘lib, ulardan 4 nafari esa o‘zbekistonliklar bo‘lgan.
YTH natijasida 10 kishi jarohatlangan bo‘lib, ulardan uch nafari voqea joyida vafot etgan.

Voqea guvohlarining aytishicha, yengil avtomashina mikroavtobus tomon qarama-qarshi kelgan va natijasida mikroavtobus bilan to‘qnashgan.

YTHda jabrlanganlarning barchasi Chimkentdagi shifoxonaga yetkazilgan bo‘lib, ulardan uch nafari hozirda Jonlashtirish bo‘limida qolmoqda.
O‘zbekistonlik yo‘lovchilarning vafot etgani yoki yo‘qligi borasida hozircha hech qanday rasmiy ma’lumot yo‘q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar