
Tailandda qutqaruvchilar 10 kun avval Txam Luang g‘orida yo‘qolib qolgan maktab futbol jamoasini topishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda 2 iyunda CNN telekanali ma’lum qildi.
11 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 12 bola va ularning 25 yoshli murabbiyi 23 iyunda mashg‘ulotdan keyin tog‘dagi bog‘ga borishgan. Ular bog‘dagi g‘orga kirishga qaror qilishgan. Biroq yomg‘ir tufayli g‘orga kirish joyi suv ostida qolgan, futbolchilar esa g‘or ichida qolib ketishgan.
Telekanalning ma’lum qilishicha, ularning barchasi g‘avvoslar tomonidan sog‘ omon topilgan.
“Biz ularni sog‘-omon topdik. Biroq qutqaruv amaliyoti hali yakunlanmagan”, deb ma’lum qilingan xabarda.
Ta’kidlanishicha, bolalar juda oriqlab ketishgani sababli o‘zlari mustaqil harakatlana olmaydigan darajaga kelib qolishgan. Endi bolalarni tashqariga olib chiqish bo‘yicha ishlar olib boriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar