Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 3 iyulda Avinon shahri yaqinidagi Bonnye kommunasida yuz bergan. 57 yoshli Szyan atrof-manzarani tomosha qilgani va tog‘lar fonida suratga tushgani devor ustiga chiqmoqchi bo‘lgan. U birinchi urinishda devorning parapet qismiga chiqa olmagach, unga yugurib kelib chiqmoqchi bo‘lgan va undan tushib ketgan.
HNA Group’da Szyanning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirilgan.
HNA Group havo transporti, ko‘chmas mulk, moliyaviy xizmatlar, turizm va dengiz tashuvlari sohasida faoliyat yurituvchi konglomerat bo‘lib, uning asosiy firmalari Xitoy va Osiyo mintaqasida mujassamlashgan. Konglomerat, shuningdek, Yevropa ittifoqi va AQSHda ham faoliyat yuritadi.
Forbes marhum milliarderning boyligini 1,7 mlrd dollarga baholagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar