
4 iyul kuni kechqurun Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalari chegarasida, Xistevarz qishlog‘idagi Xo‘jand-Konibodom trassasida joylashgan AYoQShda yong‘in chiqib, keyin portlab ketdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Yong‘in oqibatida AYoQSh va undagi binolar, yettita yuk mashinasi, ikkita mikroavtobus, bitta yengil mashina zarar ko‘rdi. Yong‘inni o‘chirishda uchta Qirg‘iziston respublikasiga, bitta Tojikiston respublikasiga tegishli o‘t o‘chirish brigadalari ish olib borishdi.
Yong‘in chiqishiga suyultirilgan gaz olib kelayotgan avtomobil sabab bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Hodisa oqibatida 4 kishi jabrlangan, ular kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing