14:57 / 14.07.2018
4 176

Putin va Tramp uchrashadigan aniq joy va vaqt ma’lum qilindi

Putin va Tramp uchrashadigan aniq joy va vaqt ma’lum qilindi
Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp Xelsinkida 16 iyulda soat 13:00larda Prezident saroyida uchrashadi. Bu haqda Finlyandiya prezidenti devonxonasi ma’lum qilgan.

Ma’lum qilinishicha, 16 iyul ertalab Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo rafiqasi Yenni Xaukio bilan Tramp va uning rafiqasini Myantuniyemidagi prezident qarorgohida qabul qiladi.

Putin va Tramp o‘rtasidagi muzokaralar esa Prezident saroyining Gotik zalida bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar ishchi tushlik vaqtida ham davom ettiriladi. Bundan oldin esa saroyda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Tramp va Putin uchrashuvdan keyin hukumat zalida matbuot-anjuman berishadi.

Shundan keyin Niinistyo Putin bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Xelsinkiga Tramp va Putin uchrashuvini yoritgani 1,5 mingga yaqin jurnalist tashrif buyuradi. “Akkreditatsiyaga arizalar 61 ta davlatdan kelib tushgan. Rossiyadan Xelsinkiga 200 dan ko‘proq jurnalist keladi”, deb aytilgan sammit tashkilotchilari xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Tramp uchrashadigan aniq joy va vaqt ma’lum qilindi