So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Qozog‘istonning Shыmkent shahrida faoliyat yurituvchi “tabib” Unsinoy Maskeyevaning ko‘plab mijozlari tuzalish o‘rniga og‘irlashib, kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga tushib qolishmoqda.
Aslida Unsinoyning reklamaga zo‘r berishi uni butun Qozog‘iston ahliga ma’lum va mashhur qildi. Nimaymish, u alohida uqalash va boshqa usullar yordamida farzand ko‘rmayotganlarga yordam berarmish. Uning klinikasida davolanganlarning ko‘pi farzandli bo‘lib ketishganmish. Ammo bunaqaga o‘xshamayapti. So‘nggi haftaning o‘zida aynan shu “tabib” qabulida bo‘lib, davolanish pulini to‘lash uchun banklardan kredit olib qarzga botgan to‘rt nafar ayol hozir shahar markaziy kasalxonasining jonlantirish bo‘limida yotibdi. Ularning jinsiy a’zolarini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlashga to‘g‘ri kelarkan. Sababi, Unsinoyning muolajalari kasalni tuzatish emas, kasaliga kasal qo‘shish uchun xizmat qilgan.
— Men bir kurs davolanish uchun naqd 700 ming tanga pul to‘ladim, — deydi jabrlanganlardan biri. — Uqalash muolajasining o‘zi boshida shubha uyg‘otgandi. Bu qorin qismingizni bosib-bosib qo‘yish maxsus usulmish. Usul bo‘lmay qaro yer bo‘lsin, endi ayollik baxtidan mahrum bo‘lay deb turibman. Jinsiy a’zolarimni olib tashlashmasa, o‘limga olib borarkan. Xudoyo shunaqa “tabiblar”ni xudo olsin!..
Huquqshunos Aygul O‘rinbekning aytishicha, ayollar tabibning dastidan nafaqat jiddiy jarohatlar olgan, jinsiy a’zolaridan, salomatligidan ayrilgan, ularning ruhiyati ham sinib ulgurgan…
Hozirda jabrlanganlar birgalikda Unsinoyning ustidan prokuraturaga shikoyat arizasi bilan murojaat etishga shaylanishgan. Inshoolloh, aybdor qilmishiga yarasha jazosini oladi. Ayollarga esa maslahatimiz shuki, har qanday xastalikni davolashda faqat professional vrachlar yordamiga suyaning! Ibn Sinoning asl shogirdlari allaqachon o‘lib ketgan. Hozirgi tabibman deb maydonga gerdayib chiqayotganlar, reklama ustiga reklama berayotganlar esa shunchaki firibgarlar xolos.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi