
Rossiyaning Tyumen viloyati Tobolsk shahrida 15 iyul kuni “Zapsibneftexima” qurilish maydonida o‘zbekistonlik va turkiyalik mehnat muhojirlari ommaviy janjal keltirib chiqargan. Bu haqda “Sof.uz” xabar tarqatdi.
Ushbu ommaviy janjalda 500 nafarga yaqin migrant qatnashgan. Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, janjal “Sibur” kompaniyasining yuqori darajali xodimi mashinada ishchilardan birining oyog‘ini bosib ketgach kelib chiqqani aytilmoqda
Janjalni to‘xtatish uchun Tobolskning deyarli barcha politsiya xodimlari jalb qilingan. Ba’zi norozilar politsiya bo‘limiga olib ketilgan.
“Kelishmovchilik “Reneyssans Xevi Indastris” pudratchi kompaniyasi ishchilarga maoshini to‘lamasligi natijasida kelib chiqqan”, deydi kompaniyaning matbuot kotibi.
Tobolskliklar korxona asosan o‘zbek va turklarni ko‘proq ishga olishini aytishgan hamda o‘sha kuni qurilish maydoni “kichik Osiyo”ga aylanganini ta’kidlashgan.
Rossiya Bosh prokurori o‘rinbosari Yuriy Ponomarev topshirig‘i bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar voqea sabablarini o‘rganmoqda. Kompaniyaning ishchilarga maosh to‘lamasligi bo‘yicha tekshiruvlar ham boshlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar