Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampga sovg‘a qilgan Jahon chempionati-2018 ramzi tushirilgan futbol to‘pi maxsus chip bilan jihozlangan, deb yozadi RIA Novosti. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Xelsinkidagi matbuot anjumanida sovg‘a qilingan bu to‘p Vashingtonning keskin munosabatiga uchradi.
«Men bu to‘pni eshitish uskunalari bor-yo‘qligini aniqlash uchun tekshirgan bo‘lardim va uni hech qachon Oq uyga olib borishga ruxsat bermasdim», deb yozdi respublikachi senator Lindsi Grexem Twitter sahifasida.
Bloomberg jurnalistlari kongressmen qisman haq bo‘lgan degan xulosaga kelishdi: ular to‘p yuzasida uning aloqa uskunasi bilan jihozlangani haqida ogohlantiruvchi maxsus logotipni ko‘rishdi.
Adidas kompaniyasining rasmiy saytida bildirilishicha, JCh-2018 uchun tayyorlangan barcha to‘plar NFC (Near Field Communication) texnologiyasi bilan jihozlangan. Ular o‘rnatilgan mitti chiplar orqali smartfonga o‘rnatilgan ilova yordamida maxsus kodni o‘qish mumkin. Shundan so‘ng ilova foydalanuvchisi futbolchilarning videoroliklari, ishqibozlar uchun tanlovlar va boshqa shu kabi ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin. Chipning o‘zi hech qanday ma’lumot tarqatmaydi va juda kichik ta’sir doirasiga ega – undagi dasturdan foydalanish uchun smartfonni to‘pga yaqinlashtirish kerak. Chip faqatgina reklama vazifasini bajaradi.
Adidas uni o‘zgartirish, olib tashlash yoki unga kiritilgan ma’lumotni qayta yozishning imkoni yo‘qligi haqida ogohlantirgan.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders Putin Trampga sovg‘a qilgan to‘p barcha sovg‘alar singari standart xavfsizlik tekshiruvidan o‘tkazilganini rasman tasdiqlagandi.
Xelsinkida bo‘lib o‘tgan sammitdan keyingi matbuot anjumanida Vladimir Putin Suriya borasidagi tashabbus kim tomonida ekanligi haqidagi savolga javob berayotib Donald Trampga to‘p sovg‘a qilgan va «to‘p endi u tomonida» ekanligini aytgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi