
Madinada hojilarni tashiydigan avtobus halokatga uchradi. Saudiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, avtobus yengil mashina bilan to‘qnashib ketgan. Transport hodisasi oqibatida ikkala haydovchi ham vafot etgan.
To‘qnashuv oqibatida avtobus va avtomobilda yong‘in kelib chiqqan. Lekin, avtobus eshiklari avtomatik ravishda ochilgach, yo‘lovchilar tezda tushib ketishib, ularga og‘ir tan jarohati yetmagan.
Politsiyachilarning taxminicha, yo‘l transport hodisasiga hozirgi kunlarda Madinada davom etayotgan qum bo‘ronlari sababchi bo‘lishi mumkin.
Manba: Azon.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar