Amerikalik Jeylen Norvud #InMyFeelings fleshmobidagi tryukni bajarishga urindi, ammo oxirgi lahzalarda uni mashina urib yubordi. Voqea tasvirlangan videolavha uning Instagram sahifasida e’lon qilindi.
Lavha avvalida u mashinadan tushadi va yo‘lning o‘tish qismida reper Dreykning musiqasiga raqs tushadi. Bir necha soniyadan so‘ng u yiqilib tushadi va shu lahzada qarama-qarshi tomondan kelayotgan mashina uni urib yuboradi.
Norvud lavha ostiga yozgan izohida uni urib yuborgan mashina tasodifan kelib qolmaganligini bildirgan. U mashina kapoti ustiga sakrab chiqishi kerak bo‘lgan. Ammo asfaltdagi ho‘l dog‘ uning rejasini chippakka chiqargan.
Avvalroq Ispaniya politsiyachilari #InMyFeelings fleshmobi xavfli ekanligini bildirishgandi. Uning ishtirokchilari avtomobildan tushib amerikalik reperning qo‘shig‘iga raqs tushishadi va oldilariga kelgan mashina kapoti ustiga sakrashadi. Uni birinchi bo‘lib amerikalik komik Shiggi ijro etdi va birpasda ommalashib ketdi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?