Sautgempton universiteti olimlarining ma’lum qilishicha, Bermud uchburchagida kemalarning sirli yo‘qolib qolishi sababini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda Daily Star gazetasiga tayanib Kun nashri yozmoqda.
Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, ushbu mintaqadagi kemalarning ommaviy qirg‘iniga Bermud uchburchagi ichida tez-tez paydo bo‘lib turadigan 30 metrlik «qotil to‘lqinlar» sababdir. Birinchi bunday to‘lqinlar faqatgina 1997 yilda qayd etilgan. Olimlarning so‘zlariga qaraganda, ular yo‘q joydan paydo bo‘lishi mumkin va juda katta zarar yetkazuvchi kuchga ega, hattoki eng katta kemalar ham bunga qarshilik ko‘rsata olmaydi.
Sautgempton universiteti xodimlari o‘z nazariyalarini sinab ko‘rish uchun 1918 yilda Bermud uchburchagida g‘oyib bo‘lgan USS Cyclops ulkan kemasining modelini yaratishdi. Uning halokatga uchrashi vaqtida bortda 300 kishi bo‘lgan. Olimlar modellashtirish yordamida «portlovchi to‘lqinlar» ta’sirini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar. Tadqiqotchilarning fikricha, aynan ular kemaning cho‘kib ketishiga sabab bo‘lgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)