Singapur – Janubiy-sharqiy Osiyo orollarida joylashgan shahar-davlat. Hududi 63 ta orolni o‘z ichiga oladi. Umumiy maydoni 719,9 km². Aholi soni 5 889 117 kishidan iborat.
Singapur dunyoning 186 davlati bilan diplomatik aloqalar olib boradi. Ulardan Indoneziya va Malayziya bilan, ayniqsa, yaqindan hamkorlik qiladi. Xususan, Xitoy bilan ham keng ko‘lamda iqtisodiy aloqalarga ega.
Bu davlatning yutuqlari haqida ko‘p va xo‘p gapirish mumkin. Lekin e’tiboringizni uning bir «g‘ayrioddiy» jihatiga qaratmoqchiman.
Singapurda turli e’tiqod vakillari istiqomat qiladi. Aholisining 33,3% buddizmga, 18,3% xristianlikka, 14,7% Islomga e’tiqod qiladi. 17,0% o‘zini dinsiz hisoblaydi. Hamda oz foizlarda boshqa din vakillari ham bor.
Hozirgi prezidenti Halima Yaqub 2017 yilning 14 sentyabrida saylangan. U Singapurning birinchi ayol-prezidenti hisoblanadi.
Shunday iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘lgan davlat rahbarining muslima ekanligi quvonarli, albatta. Alloh musulmonlarning qudratini ko‘paytirsin, deb duo qilamiz.
Otabek Usmonov
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi