
Tvitter foydalanuvchilari bekasini o‘limdan saqlab qolgan mushukning bu ishidan hayratga tushishdi.
Teo laqabli mushuk ko‘rsatgan qahramonligi uchun Britaniyaning milliy “National Cat Awards” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Mushukning bekasi Sharlottaning aytishicha, u o‘sha kuni o‘zini juda yomon his qilgan. Shunga qaramasdan, shifokorlarga murojaat qilmagan va yotib uxlamoqchi bo‘lgan. Ammo Teo bunga yo‘l qo‘ymagan. Sharlottaning yoniga borib baland ovozda miyovlagan, uxlab qolmasligi uchun panjasi bilan yuziga urgan. Shundan so‘nggina ayol shifokorga qo‘ng‘iroq qilgan. Shifokorlar tekshiruv natijasida ayoldan tromboz (qon ketishi natijasida tomirdan tashqaridagi qon laxtasi va limfa tomirlarida limfaning ivib qolishi) belgilarini aniqlashgan.
“Yaxshiyamki, Teo yonimda ekan. Agar u bo‘lmaganida, hozir uxlaganim ko‘yi qaytib turmasdim”, deya so‘zlab berdi Sharlotta.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar