
Tojikistonning Rasht tumanida yashovchi 64 yoshli Tilovat Rahmatullayeva har kuni diametri 1 metr, vazni 10 kilodanga teng nonlarni dasturxonga tortadi. Uni mamlakatning yarim aholisi juda yaxshi taniydi va yopgan nonlarini bajonidil sotib oladi. Agar to‘ylar, tantanali marosimlarga chaqirishsa, Tilovat opa kuniga o‘n kilolik nonlarning 20 tadanini yoparkan.
— Men 8 yoshimda tandirda non yopishni boshlaganman, — deydi Tilovat opa. — To‘g‘ri, u vaqtlarda kichik, oddiy nonlar yopganman. Hozir esa men yopgan nonlarning bir donasiga 12 kishidan ko‘proq odam bemalol to‘yadi…
Dushanbeda ham Tilovat opaning nonlarini juda sevisharkan. Poytaxtga faqat milliy bayramlardagina chorlashadi va non yopib berishini so‘rashadi.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar