17:37 / 14.08.2018
4 037

Britaniyalik harbiy IShID qo‘mondonini snayper masofasidan otib o‘ldirdi

Britaniyalik harbiy IShID qo‘mondonini snayper masofasidan otib o‘ldirdi
Buyuk Britaniya qurolli kuchlarining maxsus aviadesant xizmati snayperi yirik kalibrli pulemyotdan bir marta o‘q uzib, 1 mil (1600 km)dan ortiq masofadagi jangarini o‘ldirdi, deb xabar bermoqda Daryo.

Bu iyun oyida Afg‘oniston shimolida maxfiy patrullash chog‘ida yuz bergan. IShID guruhi nazorati ostidagi tumanda harbiylar guruhi jangarilar bazasini kuzatayotgan vaqtida Buyuk Britaniya va AQShning otib tashlanishi kerak bo‘lgan jangarilardan iborat qo‘shma ro‘yxatidagi dala qo‘mondonini payqab qolgan.

Harbiylarning snayper miltiqlari bo‘lgan, ammo ular harbiy avtomobilga o‘rnatilgan yirik kalibrli pulemyotgina nishonga borib tega oladi, degan qarorga kelgan. Buning uchun qurolga maxsus nishonga olgich o‘rnatilgan.

O‘q shunchalik katta kuch bilan borib tekkanki, dala qo‘mondonining yelkasi va qo‘li uzilib tushgan, u voqea joyida halok bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik harbiy IShID qo‘mondonini snayper masofasidan otib o‘ldirdi