Saudiya Arabistoni va Yaqin Sharqdagi boshqa boy davlatlar Suriyadagi barqarorlashtirish loyihalari uchun AQSHning o‘rniga pul to‘laydi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp Tvitter orqali ma’lum qildi.
“Qo‘shma Shtatlar Suriyani rivojlantirish uchun 230 million dollar miqdoridagi tuturuqsiz to‘lovni to‘xtatdi. Saudiya Arabistoni va Yaqin Sharqning boshqa boy davlatlari AQSHning o‘rniga to‘laydi. Men AQSHni, bizning armiyamizni va bizga yordam berayotgan davlatlarni rivojlantirmoqchiman”, – deya yozdi Tramp.
Juma kuni Davlat departamenti matbuot kotibi Xezer Nauert yozma bayonot tarqatib, Suriyani barqarorlashtirishga mo‘ljallangan mablag‘lar boshqa maqsadlarga yo‘naltirilishini bildirgan edi. Ayni paytda u AQSH Suriyadagi strategik maqsadlaridan voz kechmasligini ta’kidladi.
Nauertning ma’lum qilishicha, AQSHning xorijlik ittifoqdoshlari va hamkorlari aprel oyidan beri Suriyani barqarorlashtirish uchun qariyb 300 million dollar ajratishga rozi bo‘lgan. Shuning 100 million dollarini Saudiya Arabistoni, 50 million dollarini BAA ajratadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi