5 322
AQSHlik ateistlar dollardagi “Biz Xudoga ishonamiz” iborasini olib tashlashni talab qilishdi
Amerikalik ateistlar jamiyati mamlakat banknotasidagi ingliz tilida yozilgan In God We Trust (Biz Xudoga ishonamiz) iborasini olib tashlashni talab qilib sudga murojaat qilishdi.
“Reuters” agentligining maʼlum qilishicha, ularning arizalariga koʻra ushbu ibora ateistlarning “diniy” qarashlariga zid va ularning erkin fikrlash borasidagi huquqlarini poymol qilmoqda. Shuningdek, ushbu ibora mamlakat konstitutsiyasidagi AQSH Kongressining hech qanday diniy qarashni qoʻllab-quvvatlashi mumkin emasligi haqidagi moddasiga ham ziddir.
Lekin, sud mazkur jamoaning talabini qondirmadi va asossiz deb topdi. Chunki, dollar banknotalarida “Biz Xudoga ishonamiz” iborasini yozish haqidagi qaror AQSH kongressiga oid va boshqa diniy qarashlarga taʼlluqli qonunlar qabul qilinishidan avvalroq qabul qilingan, hamda u hech kimni biror dinga eʼtiqod qilishga yoki oʻz diniy dunyoqarashini oʻzgartirishga majburlamaydi, deya AQSH sudi oʻz qarorini izohladi.
Eslab oʻtish joiz,In God We Trust (Biz Xudoga ishonamiz) iborasi 1956 yilda Duayt Devid Eyzenxauer tomonidan davlat shiori sifatida qabul qilingan.
Tanga pullarda mazkur ibora 1864 yillardagi Fuqarolik urushi vaqtida zarb etila boshlangan. Banknotalarda esa mazkur ibora 1960 yildan boshlab muhrlana boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi