“Voditeli Tashkenta”da ikki milisiya Lacetti’sidan qochayotgan Captiva videosi paydo bo‘ldi

Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a’zolaridan biri Toshkentda o‘ta yuqori tezlikda harakatlangan avtomobil tushirilgan videoyozuvni tarmoqqa chiqardi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.
Avtomobilga o‘rnatilgan videoregistrator orqali tasvirga olingan videolavhada dastlab Captiva rusumidagi avtomobil ulkan tezlikda o‘tib ketgan. Uni esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar avtomobillari ta’qib qilib o‘tgan.
Video ostiga qoldirilgan izohlarda guruh a’zolari Captiva haydovchisining ushbu harakatini keskin tanqid ostiga olgan. Ayniqsa, ushbu vaziyatda yo‘lni piyodalar kesib o‘tayotgan vaqtda sodir bo‘lgani foydalanuvchilarning jahliga sabab bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing