15:18 / 05.09.2018
5 071

Tafakkur qilaylik!

Tafakkur qilaylik!
Alloh taoloning yaratgan maxluqlari haqida tafakkur qilish iymon nuri ziyoda boʻlishiga sabab boʻladi. Quyosh, Oy, yulduzlar, sayyoralar, suv, togʻ, havo, oʻsimliklar, hayvonlar va boshqa maxluqotlar toʻgʻrisida fikr yuritish, Alloh taolo ularning barchasini hikmat bilan yaratganini oʻylash kishining iymon nuri ziyoda boʻlishiga sababdir. Ana shunday tafakkurga undovchi narsalardan biri osmon jismi boʻlgan tumanliklardir. Tumanliklar — yulduz toʻdalari yoki butun yulduz sistemalari (galaktikalar)dan, shuningdek, gaz va changdan tashkil topgan bulutlardir. Tumanliklar haqida yanada aniqroq tasavvurga ega boʻlish uchun bitta tumanlikni koʻrib chiqsak.

Ushbu suratda “Chumoli” nomli tumanlik aks etgan boʻlib, u sayyoralar tumanligi hisoblanadi. Bu tumanlik Quyosh tizimidan 8 ming yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan. (Maʼlumki, yorugʻlik bir soniyada 300 ming kilometr masofa bosadi. Yorugʻlik yili deyilganda, shu yorugʻlikning bir yil davomida bosib oʻtgan masofasi tushuniladi). Ushbu tumanlik koʻrinishidan chumolining boshi va beliga oʻxshab ketgani uchun unga “Chumoli” nomi berilgan.

Yana bir jihati shundaki, ushbu tumanlik soniyasiga 50 kilometrga yaqin tezlikda kengayib bormoqda.

Alloh taolo Qurʼoni Karimda shunday degan:

“Osmonni Oʻz qudratimiz ila bino qildik. Albatta, Biz keng qiluvchimiz”. (“Zariyat” surasi, 47-oyat).

Alloh taolo barchamizga yaratgan maxluqotlari haqida toʻgʻri tafakkur qilib, iymonimiz nuri ziyoda boʻlishini nasib etsin!
Nozimjon Iminjonov tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tafakkur qilaylik!