
Hindistonlik Navi Kumar Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi. U bir daqiqa ichida maksimal koʻp miqdordagi yongʻoqlarni boshi bilan chaqib tashlab, oʻz nomini tarixga kiritdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz.
Jarayon videosidan koʻrish mumkinki, Kumar boshi bilan bir tekisda ishlagan hamda 217ta yongʻoqni chaqib tashlagan. Rolik eʼlon qilinganidan soʻng, uni deyarli 50 mingga yaqin odam tomosha qildi.
Videoga qoldirilgan izohlarda baʼzi foydalanuvchilar erkakning sogʻligʻi haqida tashvishlana boshladilar. “Umid qilamanki, sizning miyangiz tashqariga chiqib ketmaydi”, - deb yozadi ulardan biri. Boshqalar esa Kumarning harakatlarini maʼqulladilar. “Xuddi bolgʻa kabi kuchli bosh”, - deya xulosa qilgan boshqa bir foydalanuvchi.
Yongʻoqni bosh bilan urish orqali chaqib tashlash boʻyicha avvalgi rekord pokistonlik Muhammad Rashidga tegishli edi. U bir daqiqada 155 yongʻoqni chaqishga muvaffaq boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha, erkak jang sanʼatlari bilan shugʻullangan, ammo Rashid boshidan bunday foydalanish uchun qancha mashq qilgani nomaʼlum. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar