
Foto: National Oceanography Centre
Tinch okeanining Meksika va Gavayi orasidagi qismida 4 ming kilometr chuqurlikda baʼzi olimlarning fikricha nomaʼlum uchar jism tomonidan qoldirilgan boʻlishi mumkin boʻlgan sirli izlar topildi.
2,5 metr uzunlikka va 30 santimetr chuqurlikka ega boʻlgan izlar Sautgemptondagi Milliy okeanografik markaz olimlari tomonidan chuqur suv osti roboti yordamida aniqlangan. Britaniyalik olimlar izlar topilgan joyda togʻ-kon ishlari yoki ilmiy operatsiyalar oʻtkazilganini istisno qilishgan hamda izlar baliqlar yoki chuqur suv osti jonzotlari tomonidan qoldirilish uchun haddan ziyod kattaligini taʼkidlab oʻtishgan.
Olimlardan biri doktor Li Marshning aytishicha, tahlil izlar tasodifiy tarzda joylashmaganini koʻrsatgan. Mutaxassis ushbu izlar juda kam holatlarda bunday katta chuqurlikka shoʻngʻiydigan kitlar tomonidan qoldirilgan boʻlishi mumkinligini aytgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar