Erkak “men shaytonman“ deb baqirib 4 kishini pichoqladi

Erkak “men shaytonman“ deb baqirib 4 kishini pichoqladi
Turkiya poytaxti Anqara shahrida bir erkak “men shaytonman“ deb baqirib avtobus bekatidagi 4 kishini pichoqladi, ikki kishi voqea joyida halok boʻldi deb xabar bermoqda Sof.uz nashri.

Voqea 7 sentyabr juma kuni Anqara shahrining Yetmishgut tumanida sodir boʻlgan. Erkak qurbonlariga hujum qilmasdan avval “siz musulmonmisiz?“ deb savol bergan. Ha javobini olgach “men shaytonman“ deb hujumga oʻtgan.

Yaralangan 2 kishi shifoxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli ogʻirligicha qolmoqda.

Xabarga koʻra, insonlarga hujum qilgan shaxs politsiya tomonidan qoʻlga olingan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar