Yaponchada “gapiradigan” it internet ahlini lol qoldirdi (video)

Yaponchada “gapiradigan” it internet ahlini lol qoldirdi (video)
Twitter ijtimoiy tarmogʻida oʻz itini gapirishga oʻrgatayotgan qiz videosi joylashtirildi.

Videoda siba-inu zotidagi Beni laqabli itning egasi unga ikkita yaponcha soʻz: taberu (“ovqat yeyish”) va hanbagu (“gamburger”) soʻzlarini aytishga oʻrgatayotgani tasvirlangan. Baʼzida Beni dangasalik qilib shunchaki akillayotganini, biroq ora-orada yuqoridagi soʻzlarni ancha aniq takrorlayotganini eshitish mumkin. Video soʻngida Benining egasi uni “soʻzamolligi” uchun yegulik bilan taqdirlaydi.

Foydalanuvchilar aqlli itning bu qobiliyatidan hayrat bildirishgan. Koʻp jurnalistlar videoga izohlarida itdan intervyu olish uchun uning egasidan ular bilan bogʻlanishni soʻrashgan. Boshqalar esa oʻz uy hayvonlarini gapirishga oʻrgatishni boshlashganini maʼlum qilishgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar