
Oʻzbekistonda 14 sentyabr kuni soat 02:31da yer silkinishi qayd etildi. Uning markazi Afgʻoniston hududida joylashgan.

Foto: emsc.eu
Markaz Toshkentdan 463 kilometr janubda qayd etilgan. U yerdagi magnituda 5,1ni tashkil qilgan, chuqurligi - 200 km.
Yer silkinishi Fargʻona (358 km), Guliston (396) va Termizda (307) 2 ballni tashkil qildi.
Toshkentda yer osti silkinishi qayd etilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar