AQSHning Jorjiya shtatida Tumsboro shahri deyarli butunligicha sotuvga qoʻyildi. Xaridor nafaqat turar joylar, balki koʻplab boshqa inshootlar: restoran, mehmonxona, tegirmon va hattoki “opera teatri”ni qoʻlga kiritadi, deb aytilgan Craigslist saytida joylangan eʼlonda.
Shahar 1,7 mln dollarga sotilmoqda. Taʼkidlanishicha, bu qiymat Nyu-York yoki AQSHning boshqa biron yirik shahridagi nufuzli tumandagi kvartira narxiga teng.
Xaridor, shuningdek, paxta saqlash uchun ombor, banket zali, sartaroshxona, eski bank binosi, 1869 yilda qurilgan temir yoʻl deposi, sunʼiy hovuz, artezian chashmasiga ega boʻladi.
“Shaharning hozirgi egalari Tumsboro yaxshi qoʻllarga tushishiga umid qilishmoqda. Shaharning yangi egalari bu joyning oʻziga xosligini va uning tarixiy qiyofasini saqlab qolishlari muhimligini anglashlari lozim”, deb aytilgan saytda. Shaharni sotuvga qoʻyganlar undan turistik maskan va ochiq osmon ostidagi muzey, musiqiy festivallar yoki filmlar suratga olish joyi sifatida foydalanish mumkinligini aytishmoqda.
Tumsboro shahri XIX asrning ikkinchi yarmida temir yoʻl deposi atrofida barpo etilgan. Uning umumiy maydoni 4,9 kv. km ni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi