13:25 / 17.09.2018
4 610

Endi krossovkalar ham dollar “tugʻyapti”...

Endi krossovkalar ham dollar “tugʻyapti”...
Manchester shahrida istiqomat qiluvchi 19 yoshli talaba qiz Ella Gilman “eBay”(internet doʻkon)dan bir juft krossovka sotib olgandi. Biroq ularni kiyib koʻrmoqchi boʻlganida ajoyib topilmaga duch keldi. Oyoq kiyimining bir poyi ichiga konvertga solingan 1300 dollar turgan ekan.

Ella uzoq oʻylab oʻtirmasdan sotuvchiga darhol xat yozdi. Maʼlum boʻlishicha, krossovkalarning sobiq egasi Braytonlik Lora Xazeldin yigʻilgan pullarini turli joylarga berkitishni xush koʻrgan. Bir kuni u shu krossovkalar ichiga pul berkitib, ularni darhol unutib yuborgan. Keyin esa ularni pullari bilan birga sotib yuborgan.

Ella Gilman topilgan dollarlarni egasiga darhol qaytarib joʻnatdi. Minnatdorchilik belgisi sifatida esa Xazeldin qizdan krossovkalar pulini olmadi.

Ha, britaniyalik qizning halolligiga tan bermay ilojing yoʻq.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Endi krossovkalar ham dollar “tugʻyapti”...