
Kuchli bosh ogʻrigʻidan aziyat chekyapsizmi? Yoki biror virus yuqtirib oldingizmi? Xavotirlanmang, tabib Jerri Sarjent sizga yordam beradi! Toʻgʻri, tekinga emas – 1200 dollarga. Koʻpchilik insonlarning fikricha, u rostdan ham davolay oladi. Bor-yoʻgʻi 15 daqiqalik seansi bilan.
Oʻzining ajoyib iqtidoriga Jerri avtohalokatdan soʻng ega boʻlgan. Bir kuni u oʻtirgan taksi haydovchisi yoʻldan oʻtayotgan ikki ayolni urib yuboradi. Ulardan birining gavdasi kuchli zarb bilan haydovchining yonida oʻtirgan Jerrining boshiga kelib uriladi. Yigitning aytishicha, shu payt u ayolning jonsiz tanasidan ajralib chiqqan ruhi havoga koʻtarilayotganini aniq koʻrgan.
Mana shu hodisadan soʻng Jerri gʻayrioddiy qobiliyat egasiga aylandi. Tez orada u odamlarni davolay olishini tushunib yetdi. U hozirda migren, uzoqni koʻra olmaslik, shamollash va hatto saraton(!)ni ham davolamoqda.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar