Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya tomonining xatti-harakatlarini tajovuzkor deb atadi. Bu haqda u polshalik hamkasbi Anjey Duda bilan matbuot anjumani vaqtida aytib oʻtdi.
Taʼkidlanishicha, AQSH yetakchisidan Rossiya Sharqiy Yevropaga tahdid uygʻotishi borasida savol bilan murojaat qilishgan.
“Mening fikrimcha, bu juda tajovuzkor vaziyat. Rossiya tajovuzkor harakat qilmoqda”, - deya aytib oʻtgan Tramp.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya xuddi boshqa davlatlar kabi kuch va qatʼiylikni hurmat qiladi. Shu bilan birga, AQSH prezidenti Amerika tomoni oʻz qurolli kuchlarini mustahkamlagani va Rossiya bunga hurmat bilan qarayotganiga eʼtibor berishni soʻragan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Amerika biznesi Rossiyadan butunlay chiqib ketishi mumkin ekani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi