07:02 / 23.09.2018
3 835

“Haqiqiy nindzya”: yonut toʻqqizinchi qavatdan oʻzini yerga tashlab tirik qoldi

"Ҳақиқий ниндзя": ёнут тўққизинчи қаватдан ўзини ерга ташлаб тирик қолди
Nyu-Jersida baland binoning devori boʻylab toʻqqizinchi qavatgacha koʻtarilgan va oʻzini yerga tashlab tirik qolgan yonut mahalliy aholi va sayyohlarning eʼtiborini tortdi. Jonivorning xavfli sakrashi voqea guvohlari tomonidan videoga olindi va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Fox29 telekanalining maʼlum qilishicha, yonut bino devori boʻylab yuqoriga koʻtarila boshlaganidan soʻng atrofda odamlar yigʻila boshlagan va uni qutqarish yoʻllarini izlashgan.

Lavhada yonutning balandlikdan qulashi aks etgan: u oʻzi sakrashga qaror qilganmi yoki devorda ortiq qapishib tura olmaganmi nomaʼlum.

Jonivor yerga tushganidan soʻng hech narsa boʻlmagandek yugurib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Haqiqiy nindzya”: yonut toʻqqizinchi qavatdan oʻzini yerga tashlab tirik qoldi