Qirgʻiziston mehnat va ijtimoiy rivojlanish vaziri oʻrinbosari Zuurakan Kadenova u samolyot ekipaji bilan janjallashishi oqibatida xalqaro reysdan olingani haqida tarqalgan xabar ortidan lavozimidan boʻshatildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Kadenova “Eyr Astana” aviakompaniyasining Seul-Olmaota yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilishi kerak boʻlgan samolyotda janjal chiqargani haqida maʼlumot paydo boʻlgandi.
Guvohlarning taʼkidlashicha, yuqori lavozimli amaldor bort kuzatuvchilar bilan janjallashib, ularga diplomatik pasportini koʻrsatgan. Oqibatda ekipaj sardori ayolni reysdan olishga qaror qilgan.
Ayni vaqtda Kadenova Seuldagi mehmonxonalardan birida qolmoqda. U keyingi reys bilan vataniga qaytarilishi kutilmoqda. Ushbu ayol Seulda Qirgʻizistonning rasmiy delegatsiyasi tarkibida boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin