
Voqea Amerikaning Texas shtatiga qarashli Meksika boʻgʻozi portida sodir boʻldi. Portga kemalarning birida 45 quti banan olib kelindi. Lekin ularni hech kim buyurtirmagan boʻlib chiqdi. Egasi topilmagach, port rahbarlari bananlar isrof boʻlmasligi uchun xayriya sifatida “Scott Unit” turmasi mahbuslariga tortiq etishni maʼqul koʻrishdi.
21 sentyabr kuni ertalab bananlarni turmaga olib ketish uchun ikki serjant yetib keldi. Qutilarni yuklash jarayonida serjantlarga bitta quti negadir gʻalati, shubhalidek tuyulaverdi va ichini ochib koʻrishga ahd qilishdi. Ne koʻz bilan koʻrishsinki, qutidagi bananlar ostiga sellofan paketchalarda kokain joylashtirilgan ekan. Azbaroyi hayajonga tushgan serjantlar qolgan qutilarni ham ochib tekshira boshlashdi. Natija esa koʻz koʻrib quloq eshitmagan darajada kechdi. Jami 45 ta banan joylangan qutidan 540 kilogramm narkotik modda topildi. Ularning umumiy bahosi 18 million dollar miqdorida belgilandi.
Shubhasiz, bananlar turma mahbuslariga tarqatildi. Narkotiklar esa mahalliy politsiya mahkamasi ixtiyoriga berildi. Aytishlaricha, hanuz kokainning asl egalari topilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar