date

Indoneziya hukumati Air Asia’ning yo‘qolgan samolyoti bo‘laklari topilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Indoneziya hukumati Air Asia’ning yo‘qolgan samolyoti bo‘laklari topilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Indoneziya hukumati Air Asia aviakompaniyasining yo‘qolgan Airbes 320 samolyoti bo‘laklari topilgani haqidagi axborotni rad etib chiqdi. Bu haqda The Age nashri muxbiri Maykl Bachelard o‘z tvitterida ma’lum qildi.

“Air Asia bo‘laklari topilgani haqidagi mahalliy qutqaruv xizmatlarining axborot noto‘g‘ri”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq, Singapur aviasiyasi Malayziyaning Air Asia aviakompaniyasiga tegishli Airbus 320 samolyoti “katta ehtimol bilan” Indoneziyaning Belitung oroli qirg‘oqlari yaqinida qulagani haqida xabar bergandi.

Mahalliy vaqt bilan 7:24da oxirgi marta aloqaga chiqqan samolyot bortida ekipajning etti nafar a’zosi va 155 nafar yo‘lovchi, jumladan, 17 nafar bola bo‘lgani aytilmoqda.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziya hukumati Air Asia’ning yo‘qolgan samolyoti bo‘laklari topilgani haqidagi xabarlarni rad etdi