
Hindiston Rossiyadan S-400 “Triumf” zenit-raketa majmualarini sotib olishga tayyor. Bunday qaror hukumat yigʻilishi natijalari boʻyicha qabul qilingan, deb xabar berdi The Times of India nashri. Biroq, hozircha buning rasmiy tasdigʻi berilmagan.
“Triumf” tizimlari Hindistonga 5 yil ichida yetkazilishi kerak. Hindiston hammasi boʻlib ushbu tizimdan 5 tasini 5,43 mlrd dollarga sotib oladi. Bitim tuzilgani haqida hali rasman eʼlon qilinmagan.
Manbalarning muhokama qilishicha, bitim Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 4-5 oktbrdagi uchrashuvi davomida imzolanadi.
Ikki davlat AQSH tomonidan Rossiya qurolini sotib olayotgan davlatlarga nisbatan sanksiyalar qoʻllayotgan bir paytda kelishuvga kelgan. AQSH Xitoyga bunday tizimlarni sotib olganlik uchun sanksiyalar qoʻllagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar